A Seriya. «Komo»ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi: Fabregas shogirdlari «Roma»ni mag'lub etdi

«Komo» o'z maydonida Italiya chempionatining 29-turi doirasida «Roma»ni mag'lub etdi — 2:1.
O'yinning 7-daqiqasida Doniell Malen penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda mezbonlar ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi: 59-daqiqada Anastasios Duvikas, 79-daqiqada esa Diego Karlos o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
«Roma» himoyachisi Uesli 64-daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
«Komo» barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 6 ta o'yinga etkazdi va 54 ochko bilan A Seriyada to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Roma» (51 ochko) esa turnir jadvalida oltinchi pog'onaga tushib ketdi.
22 mart kuni «Komo» chempionat doirasida o'z uyida «Piza»ga qarshi o'ynaydi, Rim jamoasi esa «Lechche»ni qabul qiladi.
Italiya A Seriya. 29-tur
15.03.2026 | 22:00
«Giuseppe Sinigaglia», Komo
«KOMO» — «ROMA» — 2:1
Gollar: Doniell Malen 7-pen (0:1), Anastasios Duvikas 59 (1:1), Diegu Karlos 79 (2:1).
«Komo»: Byute, Diegu Karlos, Kempf (Duvikas, 46), Ramon, Serji Roberto (Diao, 46), Da Kunya (van der Brempt, 87), Vale, Smolchich, Kakere (Perrone, 67), Baturina, Pas (Rodriges, 77).
«Roma»: Svilar, Manchini, Ermoso (Tsimikas, 70), Gilardi, Kristante, Kone, Uesli Vinisius, Zeki Chelik (Tsiolkovski, 70), Pellegrini (Pizilli, 67), El-Shaaravi (Rench, 56), Malen (Vaz, 67).
Ogohlantirishlar: Kakere (63), Diegu Karlos (73) — Uesli Vinisius (48), Gilardi (77).
Chetlatish: Uesli Vinisius 64 (ikkinchi sariq, «Roma»).