«Sassuolo» lagerida muhim tayinlov amalga oshdi — Andrea Fabris klubning yangi bosh direktoriga aylandi. Uning uchun bu «Sassuolo»ga qaytish hisoblanadi, chunki u «Atalanta» taklifini qabul qilishidan oldin ushbu klubda rosa 11 yil faoliyat yuritgan edi.

Biroq u Bergamoda bor-yo'g'i ikki yil ishladi va endilikda yanada mas'uliyatli yangi lavozimda o'z uyiga qaytmoqda. Bu haqda derbyderbyderby.it nashri xabar beradi.

Eslatib o'tamiz, Italiya A Seriyasining yangi mavsumi kelasi hafta oxirida boshlanadi. Qizig'i shundaki, 1-turda «Sassuolo» Fabrisning sobiq klubi — «Atalanta»ga qarshi maydonga tushishi kerak.

Manba: Stadion.uz