"Inter" A Seriya 20-turidan keyin "Milan" bilan oradagi farqni oshira olmadi.

"Rossonerilar" "Jenoa"ni mag'lub eta olmagach (1:1), Kristian Kivu jamoasi "Napoli" bilan ochkolarni bo'lishib oldi (2:2).

Bugungi o'yin oldidan "Inter" chempionatda ketma-ket oltita g'alabaga erishgandi. Oxirgi mag'lubiyat - 23 noyabr kuni "Milan"dan (0:1) uchralgan.

"Neradzurrilar" jadvalda peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Ularda 19 o'yindan keyin 43 ochko bor.

"Milan" 3 ochko, "Roma" va "Napoli" 4 ochko, "Yuventus" 7 ochko ortda qolmoqda.