Italiya chempionatining 2-turida "Inter" o'z maydonida "Udineze"ga yutqazib qo'ydi - 1:2.

O'yindagi dastlabki gol mezbonlar himoyachisi Denzel Dyumfris tomonidan 17-daqiqada kiritildi. 29-daqiqada mehmonlar forvardi Keynan Devis penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 40-daqiqada Artur Atta "oq-qoralar"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

"Udineze" ochkolarini 4 taga etkazib, A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'ringa chiqib oldi. 3 ochkosi bor "Inter" esa bir pog'ona pastda joylashgan.

Manba: www.stadion.uz.