A Seriya. "Inter" 0:2 ni 5:3 ga aylantira oldi

Milandagi "San-Siro (Djuzeppe Meacca)" stadionida kechgan o'yinda Kristian Kivu shogirdlari 5:3 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvni bosh hakam Luka Payretto boshqarib bordi.
9-daqiqada "Udineze" himoyachisi Djeyms Abankva hisobni ochdi. Oradan etti daqiqa o'tib, mehmonlar yarim himoyachisi Yurgen Ekkelenkamp farqni ikkitaga etkazdi. 26-daqiqada "Inter" himoyachisi Karlos Augusto hisobni qisqartirdi. 35-daqiqada milanliklar yarim himoyachisi Nikolo Barella muvozanatni tikladi. Hujumchi Markus Tyuram 57-daqiqada "Inter"ni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada forvard Franchesko Espozito "Udineze" darvozasiga to'rtinchi golni urdi. 79-daqiqada Anj-Yoan Bonni hisobni 5:2 ko'rinishiga keltirdi. Mehmonlar hujumchisi Indissa Geye 90+1-daqiqada "Inter" darvozasiga uchinchi to'pni kiritdi.
“Inter” - “Udineze” 5:3
Gollar: Augusto 26, Barella 35, Tyuram 57, Espozito 67, Bonni79 - Abankva 9, Ekkelenkamp 16, Geye 90+1.
Ushbu o'yindan so'ng to'rtta turda 12 ochko to'plagan "Inter" A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Udineze" hisobida esa 4 ochko bor va jamoa 13-qatorni egallab turibdi.
Keyingi turda milanliklar 19 sentyabr kuni safarda "Roma" bilan o'ynashadi, "Udineze" esa xuddi shu kuni o'z maydonida "Kalyari"ni qabul qiladi.
Kommentariyalar