A Seriya. Elita bilan xayrlashgan "Verona" o'z maydonida "Komo"ga imkoniyatni boy berdi

Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida "Komo" jamoasi safarda "Verona" mehmoni bo'ldi va kichik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvdagi yagona gol 71-daqiqada Anastasios Duvikas tomonidan kiritildi. Oradan to'rt daqiqa o'tib, mezbonlar muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishgan edi, biroq VAR tizimi orqali tekshirilgan gol ofsayd tufayli bekor qilindi.
Ushbu g'alabadan so'ng "Komo" o'z ochkolarini 65 taga etkazib oldi va chempionat yakunishiga ikki tur qolganda musobaqa jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi. "Verona" esa 20 ochko bilan 19-o'rinda qolmoqda. Eslatib o'tamiz, "Verona" va "Piza" (18 ochko) jamoalari muddatidan oldin yuqori divizionni tark etishi aniq bo'lgan edi.
Navbatdagi turda "Komo" 17 may kuni "Parma"ga qarshi maydonga tushsa, "Verona" shu kuni "Inter" bilan kuch sinashadi.
«VERONA» — «KOMO» — 0:1
Gol: Anastasios Duvikas 71 (0:1).
«Verona»: Montipo, Edmundsson, Valentini, Nelsson, Akpa-Akpro (Isaak, 81), Berned (Lovrich, 63), Galyardini, Frese, Belgali (Vermeshan, 81), Boui, Suslov.
«Komo»: Byute, Kempf, Diegu Karlos, Vale (Moreno, 36), Voyvoda (Smolchich, 46), Perrone (Kakere, 46), Da Kunya, Pas, Rodriges (Baturina, 46), Diao (van der Brempt, 81), Duvikas.
Ogohlantirishlar: Frese (89) — Kakere (61).