Italiya A Seriyasining 3-turidan o'rin olgan “Atalanta” – “Lechche” uchrashuvi yakuniga etdi.

Bu bellashuvda mezbonlar 4:1 hisobida g'alaba qozondi.

Mavsumdagi dastlabki muvaffaqiyatiga erishgan “Atalanta” ochkolari sonini 5 taga etkazib, 6-o'rinda bormoqda. “Lechche”da bir ochko va 19-pog'onani egallagan.

A Seriya. 3-tur
“Atalanta” - “Lechche” 4:1
Gollar: Skalvini 37, De Ketelare 51, 73, Zalevski 70 – N’Dri 82.