"Atalanta" o'z maydonida A Seriya 7-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Latsio"ni qabul qildi - 0:0.

Mezbonlar Italiya-2025/26 chempionatidagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. "Atalanta" joriy mavsumda birorta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi (2 g'alaba, 5 durang) va 11 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. "Latsio" esa 8 ochko bilan 12-pog'onadan joy olgan.

Keyingi turda "Atalanta" safarda "Kremoneze"ga qarshi bahs olib borsa, "Latsio" o'z maydonida "Yuventus"ni qabul qiladi.

A Seriya, 7-tur

19 oktyabr, yakshanba 21:00

Atalanta - Latsio - 0:0

Atalanta: Karnesekki, Xin, Axanor (Skalvini, 67), Djimsiti, Pashalich (de Ron, 67), Ederson, Bernaskoni, Dzappakosta, Sulemana (Krstovich, 67), De Ketelare, Lukman (Maldini, 82)

Latsio: Provedel, Romanoli, Xila, Nunu Tavaresh (Provstgor, 86), Marushich (Latstsari, 86), Kataldi, Bashich (Vesino, 75), Genduzi, Dzakkani (Pedro, 75), Kancheleri (Isaksen, 22), Dia

Ogohlantirishlar: De Ketelare, 29. Sulemana, 40. Pashalich, 53. Xin, 62

Manba: www.stadion.uz.