"Atalanta" o'z maydonida Italiya chempionatining 6-turida "Komo"ga qarshi bahs olib bordi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Mezbonlar safida Lazar Samardjich, mehmonlar safida esa Maksimo Perrone o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

"Atalanta" A Seriya turnir jadvalida 10 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda. "Komo" 9 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda.

Keyingi turda "Atalanta" o'z maydonida "Latsio"ni qabul qilsa, "Komo" "Yuventus"ni mehmon qiladi.

A Seriya, 6-tur
04.10.2025, shanba, 23:45
Atalanta - Latsio - 1:1
Gollar: Samardjich, 6 (1:0). Perrone, 19 (1:1)
Atalanta: Karnesekki, Xin, Axanor, Djimsiti, Pashalich, Ederson (Musa, 74), Bernaskoni, Dzappakosta, Samardjich (Breshanini, 62), Sulemana (Maldini, 74), Lukman (Krstovich, 73)
Komo: Byute, Ramon, Diegu Karlos, Voyvoda (Vale, 69), Smolchich (Posh, 86), Perrone, Da Kunya (Kempf, 89), Pas, Baturina (Kakere, 69), Adday, Duvikas (Morata, 46)
Ogohlantirishlar: Djimsiti, 58 - Diegu Karlos, 83. Smolchich, 84. Adday, 88

Manba: www.stadion.uz.