Italiya chempionatining 2-turida “Parma” va “Atalanta” jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi.

Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab bergamoliklar safida Pashalich 79-daqiqada hisobni ochdi. 85-daqiqada Kutrone muvozanatni tikladi.

Bu natijadan so'ng Ivan Yurich shogirdlari ikki ochko to'pladi. “Parma” mavsumdagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi.

A Seriya. 2-tur

“Parma” 1:1 “Atalanta”

Gollar: Kutrone 85 – Pashalich 79