Frantsiya kubogi. Finalchilar aniq bo'ldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6062

Frantsiya kubogi yarim final bosqichi doirasida ikkinchi o'yin bo'lib o'tdi.
«PSJ» o'z maydonida «Nant»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Parijliklarning gollariga Verratti, Mbappe va Dani Alves mualliflik qilishdi.
Bir kun avval «Lion» o'z uyida «Renn»ga imkoniyatni boy bergandi (2:3).
Shu tariqa, Frantsiya kubogi finalida «PSJ» va «Renn» klublari to'qnash kelishadi.
Frantsiya kubogi, 1/2 final
PSJ – Nant 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 29 Verratti, 2:0 – 85, penalti Mbappe, 3:0 – 90 Dani Alves.
PSJ – Areolya, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos (Paredes, 45), Kurzava (Dani Alves, 77), Shupo-Moting (Draksler, 77), Verratti, Kerer, Diabi, Bernat, Mbappe.
Nant – Teterushanu, Diego Karlos, Pallua, Lukas Lima, Ie, Evanjelista (Uoris, 60), Ronje, Andrey Jirotto, Ture (Mutussami, 89), Fabio (Limbombe, 86), Kulibali.
Ogohlantirishlar: Kulibali (54), Uoris (64), Fabio (65), Verratti (69), Diego Karlos (84), Bernat (87).
Chetlatish: Kulibali (72).
Lion – Renn 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: 0:1 – 40 Nyang, 1:1 – 47 Traore, 1:2 – 55 Andre, 2:2 – 75, penalti Dembele, 2:3 – 81 Bensebayni.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Dyubua, Denayer, Auar, Tuzar (Depay, 69), Traore (Korne, 87), Ndombele, Fekir, Dembele (Tere, 86).
Renn – Koubek, Nyamsi, Bensebayni, Zeffan, Mesher, Ben-Arfa, Burigo, Andre, Grene, Sarr, Nyang (Jelen, 86).
Ogohlantirishlar: Mesher (53), Dyubua (66), Ben-Arfa (69), Grene (75).

Bosh sahifaga
231