So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston uchun uzoq yillik sport strategiyasini ishlab chiqishda xorijiy kompaniyalari bilan hamkorlik qilinmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8329
Jismoniy tarbiya va sport vaziriligiga Buyuk Britaniyaning “The Sport Consultancy” kompaniyasi ijrochi direktori boshligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurishdi.
Uch kun davom etgan tashrif davomida chet ellik mehmonlar bilan Jismoniy tarbiya va sport vaziri, tegishli boshqa va bo'lim boshliqlari hamda vazirlik tizimidagi bir qator tashkilot rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
“The Sport Consultancy” kompaniyasiga bundan 12 yil avval asos solingan bo'lib, ushbu tashkilot sport federatsiyalari uchun strategiyalar ishlab chiqish va yirik tadbirlarni tijoratlashtirish bilan shug'ullanadi. Bugungi kunga qadar kompaniya tomonidan Dubay uchun yirik sport tadbirlarini tashkil etishning uzoq muddatli milliy strategiyani, Ummon davlati uchun sport turizmi bo'yicha milliy strategiyani yaratish, shuningdek, 2015 yilda Ozarbayjonning Baku shahridao'tkazilgan Evropa o'yinlarini tashkil etish kabi bir qator yirik loyihalar amalga oshirib kelmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri bilan xorijiy kompaniya delegatsiyasi uchrashuvida sport sohasida tizimli boshqaruvniyo'lga qo'yish, soha uchun ajratilayotgan mablag'lardan samarali foydalanish, mavjud sport inshootlari infrastrukturasidan unumli foydalanish va yangi inshootlarni bunyod etishda tejamkor texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan O'zbekistonning uchun uzoq yillik milliy sport strategiyasini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.
Vazir Dilmurod Nabiev Prezidentimiz tomonidan jismoniy tarbiya va sport sohasiga alohida e'tibor qaratilayotganligini ta'kidlab, ushbu ishlab chiqiladigan strategiya ham yurtimiz sport tizimini zamon talablariga mos tarzda rivojlanishiga, sport turizmi shakllanishiga hamda sportning ham iqtisodiyotimizning bir tarmog'iga aylanishiga xizmat qilishi kerakligini bildirdi.
Xorijiy kompaniya vakillari tomonidan yurtimiz sport tizimi uchun uzoq yillik rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda avvalo hudud imkoniyatlari va o'ziga xos-jihatlari inobatga olinishini aytib o'tishdi.
Tashrif davomida xorijiy kompaniya vakillari bir qator sport-ta'limi muassasalari va inshootlarida bo'lib, ularning faoliyati va mavjud shart- sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Yakunda tomonlar respublikamiz sportining yana rivojlantirishga, zamonaviy tizimni joriy etishga qaratilgan uzoq yillik milliy sport strategiyasini hamkorlikda ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishdilar.