Anelkani xafa qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Frantsiyalik sobiq futbolchi Nikolas Anelka Roman Abramovich Londonning «Chelsi» klubini sotishi haqidagi qarori haqida fikr bildirdi.
Anelkaning aytishicha, Abramovich Ukrainadagi vaziyat tufayli London klubini sotishga majbur bo'lganini eshitib, juda xafa bo'lgan. Nikolas ta'kidlaganidek, u «Chelsi»da o'ynaganida Abramovich doimo futbolchilarga hurmat ko'rsatgan va o'zini juda kamtar tutgan. Frantsuz futbolchisi rus tadbirkorining ingliz futboli uchun ko'p ish qilganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, London jamoasini sotib olish uchun asosiy da'vogar shveytsariyalik milliarder Xansyorg Viss hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268