Yan Oblak eng yomon mavsumini o'tkazmoqda...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 132

«Atletiko Madrid» yulduzi va dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri faoliyatidagi eng muvaffaqiyatsiz mavsumini o'tkazmoqda.
La Ligada doirasida «Atletiko» darvozasiga yo'llangan har ikkinchi zarbadan biri golga aylanmoqda. 29 yoshli sloveniyalik raqiblari zarbalarining atigi 52,5 foizini qaytargan (61 tadan 33 tasi). Bu mavsumda barqaror o'yin ko'rsatayotgan top-5 ligadagi barcha darvozabonlar orasida eng past ko'rsatkichdir.
Qizig'i shundaki, o'tgan mavsumda Oblak bu ko'rsatkich bo'yicha Evropaning eng yaxshi posbonlaridan biriga aylangandi. U o'shanda 80% zarbalarni qaytarishga erishgan va faqat «Real» kiperi Tibo Kurtua va «PSJ» posboni Keylor Navasdan ortda qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
294