Kesse «Everton» taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

«Milan» yarim himoyachisi Frank Kesse «Everton»ning taklifini rad etdi.
25 yoshli yarim himoyachi shu yozda «Milan»ni erkin agent sifatida tark etish niyatida. «Barselona» uzoq muddatli shartnoma va mavsumiga 6,5 million evro maosh taklif qilgan va futbolchi uchun asosiy favorit hisoblanadi.
Sport nashri xabariga ko'ra, «Everton» ham Kessega o'z taklifini jo'natgan, biroq futbolchi kelishuv shartlarini etarlicha ishonarli emas deb hisoblab, uni rad etgan.
Joriy mavsumda Frank Kesse «Milan» safida 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning narxini 48 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259