Futzal. Abdulla Bo'riev shogirdlari uchinchi uchrashuvni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 520
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan «Bunyodkor» hozirgina 1-turning uchinchi uchrashuvini yakunladi.
«Maksam-Chirchiq»qa qarshi o'ynagan «qaldirg'ochlar» ikki xil bo'lim o'tkazishdi. Tanaffusga 2:1 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketgan Abdulla Bo'riev shogirdlari ikkinchi bo'limda o'z darvozasidan 6 marta to'p olib chiqdi va yakunda mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.
O'ZBEKISTON ChEMPIONATI. 1-TUR
«BUNYoDKOR» – «MAKSAM-ChIRChIQ» – 3:7 (2:1)
3 aprel. Toshkent. «O'zbekiston» sport majmuasi. 139 tomoshabin.
Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Xushnud Otamurodov, Sanjar Nazarov, Xusan Muzaffarov.
Nazoratchi: Oleg Dachev.
«Bunyodkor»: Akbar Abraev, Xurshid Najimov, Jasur Sodiqov, Jamoliddin Normirzaev, Temur To'raqulov.
Zaxiradagilar: Mirislom Miraliev, Olimjon Vohidov, Aleksey Loktionov, A'zam Saidahmadov, Ilhom Karimov, Umidjon Zayniddinov, Alisher Xolmuhamedov, Sevastyan Mojaev, Miralisher Mirahmadov.
«Maksam-Chirchiq»: Ravshan Abdujabborov, Botirbek Rizaev, Mahmudxo'ja Alixo'jaev, Maksim Gulyaev, Bahodir Ahmedov.
Zaxiradagilar: Ziyovuddin Seytboev, Shohruhbek Jumaboev, Adhamjon Qo'ldoshev, Ilhom Mirzaev, Sarvarjon Rahmatjonov, Sarvarjon Jo'raev, Rustam A'zamov, Suhrob Normurodov, Dilshod Xudoyberganov.
Gollar: Jasur Sodiqov, 7 – 1:0. Jasur Sodiqov, 7-o'z darvozasiga – 1:1. Temur To'raqulov, 18 – 2:1. Mahmudxo'ja Alixo'jaev, 21 – 2:2. Sarvarjon Rahmatjonov, 23 – 2:3. Bahodir Ahmedov, 23 – 2:4. Botirbek Rizaev, 35 – 2:5. Bahodir Ahmedov, 35 – 2:6. Sarvarjon Rahmatjonov, 36 – 2:7. Sevastyan Mojaev, 37 – 3:7.
Ogohlantirishlar: Temur To'raqulov, 28. Mahmudxo'ja Alixo'jaev, 38.