«Bunyodkor»ning ikki klubi Qozog'istonda xalqaro musobaqada ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1220
"Bunyodkor" akademiyasi jamoalari xalqaro musobaqalarda ishtirok etishda davom etadi.
O'tgan hafta Qozog'istonning Almati shahrida "Navro'z Kubogi" an'anaviy musobaqasi o'tkazildi. Unda 2005 yilda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar g'oliblik uchun kurash olib bordi. Turnirda "Bunyodkor" sharafini ikki jamoa himoya qildi.
G'ulom Halimtoev va Ulug'bek Boqiev shogirdlari o'z guruhlarida ikki xil natijani qayd etgan bo'lsa-da, yarim finalga yo'l oldi. Ammo har ikkalasi ham g'oliblik uchun kurashni yarim finalda to'xtatdi.
«NAVRO'Z KUBOGI»
«A» guruhi
«Ariston» (Almati)
SFA (Sirdaryo)
«Shunqor» (Bishkek)
«Bunyodkor-1» (Toshkent)
Natijalar
«Ariston» - «Bunyodkor-1» - 3:3
«Shunqor» - «Bunyodkor-1» - 1:2
SFA – «Bunyodkor-1» - 2:1
Yarim final
«Qayrat» (Qozoziston) – «Bunyodkor-1» - 2:2 (penaltilar bo'yicha: 3:1)
«B» guruhi
«Akademiya Alfsh-PKC» (Bishkek)
«Dordoy» (Bishkek)
«Bunyodkor-2» (Toshkent)
«Spartak» (Aktobe)
Natijalar
«Dordoy» - «Bunyodkor-2» - 3:0
«Akademiya Alfsh-PKC» - «Bunyodkor-2» - 0:1
«Bunyodkor-2» - «Spartak» - 2:1
Yarim final
«Ariston» - «Bunyodkor-2» - 1:0