Dzyudo musobaqalari taqvimiga yana bir «Katta dubulg'a» turniri kiritildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697
Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) bu yilgi taqvimiga o'zgartirish kiritdi. Aniqrog'i, tashkilot rasmiy saytining ma'lum qilishicha, endilikda musobaqalar qatoriga Brazilia “Katta dubulg'a” turini ham qo'shildi.
Ta'kidlash joiz, Braziliya dzyudo konfederatsiyasi bu yil tashkil topganiga 50 yil to'ladi va bu musobaqaning kiritilishi ushbu yubiley uchun kichik sovg'a sifatida qaralmoqda.
Shu tariqa, 2019 yilning o'zida “Katta dubulg'a” turnirlari soni etitaga etadi. Bu esa rekord ko'rsatkichdir. Bunday toifadagi musobaqalar g'oliblari o'z hisoblariga jahon va Olimpiada reytingida 1000 ochko qo'shib qo'yishadi. Demakki, bu dzyudochilar uchun etarli darajadagi reyting ochkolarini jamg'arib olish uchun qo'shimcha imkoniyat.
Ma'lumot uchun, Braziliyada XDF tasarrufidagi so'nggi musobaqa 2013 yili o'tkazilib, o'shanda Rio-de-Janeyro shahri jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi. Brazilia “Katta dubulg'a” turniri joriy yilning 6-8 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi.