Suares Forlanning natijasini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 511
47Ispaniya chempionatining 30-turi doirasida «Barselona» safarda «Vilyarreal» bilan durang o'ynadi (4:4). Mazkur bahsda Luis Suares jamoasining so'nggi golini urdi.
Shu tariqa, urugvaylik futbolchining Primera doirasidagi gollari soni 129taga etdi. Bu esa «Vilyarreal» klubi sobiq forvardi Diego Forlanning natijasiga nisbatan bittaga ko'p. Shu tariqa, Suares Ispaniya chempionatida eng ko'p gol urgan urugvaylik futbolchiga aylandi.
Luis Suares ushbu mavsumda "Barselona" safida jami 41ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol urdi va 11ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!