Fantastik o'yin: «Vilyarreal» - «Barselona» 4:4!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2951

Ispaniya chempionatining 30-turiga start berildi. Tur doirasidasidagi markaziy o'yin «Estadio de la Seramika» stadionida bo'lib o'tdi. "Vilyarreal" va "Barselona" o'rtasidagi bahsda muxlislar naq 8ta golga guvoh bo'lishdi.
Valverde bu uchrashuvda Messi, Pike, Rakitich kabi etakchilarga dam berishga qaror qildi. Bahsning dastlabki 10 daqiqasida mezbonlar 2ta ajoyib imkoniyatni golga aylantira olishmadi — ter Shtegen qutqardi. Keyingi daqiqalarda esa kataloniyaliklar ikkita imkoniyatdan samarali foydalanib qolishdi. 18-daqiqasida Koutino yakkama-yakka vaziyatni to'pni darvozabonning ustidan oshirib qo'ydi. Ammo to'p ustunga tegib qaytdi, aks holda hisob 0:3ga etgan bo'lardi. Uchrashuvning 23-daqiqasida esa Chukvueze hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.
Ikkinchi bo'limda "sariq suvosti kemasi" vaziyatlardan o'ta samarali foydalanib, 80-daqiqaga kelib 1:2 hisobini 4:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.
Asosiy vaqtning so'nggi daqiqasida Messi jarimadan ajoyib zarba yo'llab, hisobdagi farqni qisqartirdi. O'yinga qo'shib berilgan uchinchi daqiqada mehmonlar burchak to'pi ishlashdi va Luis Suares 15 metrlardan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Bu paytda kompensatsiya vaqti tugashiga 4 soniya qolgandi...
"Atletiko" esa o'z maydonida "Jirona"ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Simeone jamoasi "Barsa"ning ochko yo'qotishidan foydalanib, etakchi bilan ochkolar farqini 8taga etkazib qo'ydi.
Ispaniya chempionati, 30-tur
Atletiko – Jirona 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 76 Godin, 2:0 – 90 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Godin, Filipe Luis (Vitolo, 65), Rodri Ernandes, Aryas, Saul, Parti (Korrea, 56), Koke, Morata (Xuanfran, 85), Grizmann.
Jirona – Iraysos, Porro, Alkala, Espinosa, Munesa, Duglas Luis, Aleish Garsiya, Garsiya, Pons (Fernandes, 84), Portu (Losano, 69), Dumbiya (Roberts, 78).
Ogohlantirish: Aryas (48).
Espanol – Xetafe 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 56 Iglesias, 1:1 – 72 Anxel.
Espanol – Lopes, Rosales, Naldo, Ermoso, Vila, Melendo (Granero, 68), Mark Roka (Puado, 78), Darder, Peres (Garsiya, 74), Iglesias, U Ley.
Xetafe – Soriya, Suares, Dakonam, Kabrera, Antunesh, Fulke (Portilo, 67), Maksimovich, Kristoforo (Arambarri, 80), Duro (Molina, 67), Anxel, Mata.
Ogohlantirishlar: Suares (23), Vila (33), Melendo (54), Kristoforo (78), Naldo (81), Dakonam (83), Ermoso (85).
Vilyarreal – Barselona 4:4 (1:2, 3:2)
Gollar: 0:1 – 12 Koutino, 0:2 – 16 Malkom, 1:2 – 23 Chukvueze, 2:2 – 50 Toko-Ekambi, 3:2 – 62 Iborra, 4:2 – 80 Bakka, 4:3 – 90 Messi, 4:4 – 90+3 Suares.
Vilyarreal – Asenxo, Alvaro Gonsales, Funes Mori, Ruis, Mario Gaspar, Morlanes (Kaseres, 63), Kasorla, Pedrasa, Chukvueze (Bonera, 88), Iborra, Toko-Ekambi (Bakka, 74).
Barselona – ter Stegen, Serdji Roberto, Umtiti, Langle, Alba, Vidal, Buskets (Rakitich, 73), Artur (Alenya, 73), Malkom, Suares, Koutino (Messi, 61).
Ogohlantirishlar: Alvaro Gonsales (36), Buskets (39), Langle (42), Funes Mori (45), Vidal (77), Alenya (83), Messi (84), Serdji Roberto (85), Kaseres (90), Suares (90).
Chetlatish: Alvaro Gonsales (86).

Bosh sahifaga
291