«Lokomotiv» yoshlari ertaga «Do'stlik» stadionida o'ynaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2861

Xabaringiz bor, Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Lokomotiv" bahsi Toshkentga ko'chirildi.
Har ikki jamoaning asosiy tarkiblari 4 aprel kuni "Lokomotiv" stadionida o'zaro kuch sinashishadi va bunda "Lokomotiv" mezbon sifatida harakat qiladi. "Temiryo'lchilar" ikkinchi davrada bo'lib o'tadigan javob o'yinida Andijonga borishadi.
Taqvimda o'zgarish ro'y bergach, U-21 chempionatida ham o'zgarish yuzaga keldi. Natijada "Lokomotiv" va "Andijon" yoshlari ishtirokidagi bahs ham ko'chirildi.
Ertaga, 3 aprel kuni Toshkent viloyatining "Do'stlik" stadionida U-21 chempionatining 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin 15:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217