To'lqin Qilichev: «Turnir orqali o'zimiz o'ylagan maqsadimizga erishdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2307

Terma jamoamiz murabbiyi To'lqin Qilichev Bokudagi "Buyuk ipak yo'li" turniri haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Musobaqadan kutilgan natijani oldik. Ushbu turnirda ishtirok etishdan asosiy maqsadimiz Osiyo chempionatida qatnashadigan, ammo kam jang amaliyotiga ega bo'lgan sportchilarimizni sinovdan o'tkazib olishdan iborat edi. Ular oldiga chempion bo'lish vazifasi qo'yilmagandi. Ammo, biz har bir musobaqada imkon qadar ko'proq birinchi o'rinni egallashga harakat qilamiz.
Jang amaliyoti haqida gapiradigan bo'lsam, bokschilarimiz o'rtacha ikkita jangda qatnashishlari lozim edi. Shuning uchun ham Hasanboy Do'smatovga ikkita jangdan so'ng dam berdik. Qolaversa, Xurshid Abdullaev ham ikkita jang o'tkazdi. Biz turnir orqali ko'zlagan maqsadimizga erishdik. Umumjamoa hisobida mezbonlar Ozarbayjon terma jamoasidan so'ng ikkinchi o'rinni egalladik.
Endi Osiyo chempionatiga yo'l olamiz va u erda ham o'z maqsadimizga erishamiz", - dedi To'lqin Qilichev.

Bosh sahifaga
222