«Buyuk ipak yo'li» turnirida qatnashgan bokschilar Toshkentda kutib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2968
Xabaringiz bor, 27 mart - 1 aprel kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha xalqaro "Buyuk ipak yo'li" turniri bo'lib o'tdi.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etib, 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medaliga sazovor bo'lishgandi. Terma jamoamiz musobaqa yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida mezbonlardan so'ng ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishgandi.
Bugun musobaqada ishtirok etgan bokschilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari, muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!