Futzal: «Bunyodkor» yangi mavsumni g'alaba bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2199

Kecha poytaxtimizda futzal bo'yicha XXIII O'zbekiston chempionati start oldi. Xabaringiz bor, joriy yil futzal bo'yicha Superliga bahslarida 12ta jamoa ishtirok etmoqda. O'tgan yilgidan farqli ravishda bu yilgi bahslar markazlashgan holatda tashkil etilayapti. Ya'ni, 12 jamoa barcha turlarni bir shaharga to'plangan holda olib boradi. 1-turga Toshkent shahrida start berildi. Bunda avvaliga oltita jamoa dastlabki tur o'yinlarini o'tkazishadi. Uch kundan keyin esa qolgan olti jamoa ilk tur bahslariga kirishadi. Yangi mavsumning ochilish marosimi ham tantanali ravishda tashkil etildi. Xushovoz xonanda Yorqinxo'ja Umarov va “Dizayn” guruhining chiqishlari tomoshabinlarga manzur bo'ldi. Futzal bo'yicha mamlakat superligasi bahslari “O'zbekiston” sport majmuasida bo'lib o'tmoqda. Kechagi o'yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi: “Bunyodkor” – “Neftchi” – 3:2 “So'g'diyona” – “Nasaf” – 1:1 “Navbahor” – “Maksam-Chirchiq” – 3:4 Bahslar bugun davom ettiriladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176