Yosh bokschilarimiz Rossiyaning Anapa shahri o'tkaziladigan xalqaro turnirda ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1429

2 - 6 aprel kunlari Rossiyaning Anapa shahrida xalqaro toifadagi sport ustasi Nikolay Pavlyukov xotirasi bag'ishlab o'tkaziladigan boks bo'yicha XII xalqaro turnir bo'lib o'tadi.
Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.Kuba, Yaponiya, Tailand, Hindiston va Rossiya kabi 17 ta davlatdan tashrif buyurgan bokschilar ishtirok etayotgan musobaqada yurtimiz sharafini etti vazn toifasida 8 nafar sportchimiz himoya qilmoqda.
Ushbu musobaqada yo'l oladigan delegatsiyamiz tarkibi quyidagicha:
– 49 kg: Shaxzod Muzaffarov
– 52 kg: Jasurbek Usmonov
– 56 kg: Xurshidbek Rasuljonov
– 64 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev
– 69 kg: Nurislom Ismailov
– 75 kg: Suxrob Kayimov, Rustambek Nasriddinov
– 81 kg: Shoxjaxon Abdullaev
Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Hamid Tangriberegenov
Turnir hakamlar hay'atiga O'zbekistondan Qahramon Karimov kirgan.

Bosh sahifaga
191