Obameyang faoliyatini tugatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 841
Gabon sport ministri Alan Bili yangi terma jamoani shakllantirmoqchi.
Bunga sabab sifatida – terma jamoaning Afrika millatlar kubogida ishtirok etmasligi deb xabar beradi Mirror.co.uk.
Ma'lum qilinishicha, yangi Gabon tarkibi pul uchun o'ynaydigan futbolchilardan emas balki, jonkuyar o'yinchilardan iborat bo'ladi.
Terma jamoani tark etadigan futbolchilar ichida, katta ehtimol bilan “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang ham bor.
Avvalroq, Obameyang futbol federatsiya ustidan bir necha marta shikoyat qilgan va hattoki terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga ham qarshilik bildirmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!