Gimnastikachilarimiz jahon kubogi bosqichlarida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2450
5-7 aprel kunlari Italiyaning Pezaro shahrida badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogining birinchi bosqichi bo'lib o'tadi.
Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari qatori terma jamoamiz vakillari ham ushbu nufuzli turnirda ishtirok etishadi. Murabbiylarimiz Pezarodagi jahon kubogida qatnashish uchun quyidagi sportchilarimizni tanlab olishgan:
Nilufar Shomurodova
Dinara Ravshanbekova
Sofiyabonu Qosimova
Kamola Irnazarova
Kseniya Aleksandrova
Sevara Safoeva
Ekaterina Fetisova
Sabina Toshkenboeva
Ta'kidlash joiz, jahon kubogining barcha bosqichlari Tokio-2020 Olimpiadasiga litsenzion ochkolar berishi bilan ahamiyatli. Mavsumdagi ikkinchi bosqich Toshkentda bo'lib o'tadi. Undan keyingilariga esa Sofiya hamda Boku shaharlari mezbonlik qiladi.