Akademiyalari o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 800
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 iyundagi 410-sonli “Sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi qaroriga asosan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzurida hududiy bolalar futbol akademiyalari tashkil etilgan bo'lib, mazkur futbol akademiyalarining asosiy maqsadlaridan biri – yosh avlodni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ularni sog'lomlashtirish, o'quvchilarning respublika va xalqaro musobaqalarda qatnashishi uchun sport sohasidagi malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishiga imkon yaratishdan iborat.
Shuningdek, mamlakatimiz sha'nini xalqaro sport maydonlarida munosib himoya qiluvchi yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash, iqtidorli va iste'dodli o'quvchilarni tanlab olish va ularni professional futbolchi qilib tayyorlash, shuningdek, Respublika va hududiy yoshlar va o'smirlar terma jamoalarida ishtirok etishini ta'minlashdan iboratdir.
Bugungi kunga kelib, futbol akademiyalarida ta'lim va o'quv-mashq jarayonini tashkil etish xalqaro tajribani inobatga olgan holda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan o'quv-mashg'ulot rejalari va futbolchilarni bosqichma-bosqich tayyorlash dasturi bilan amalga oshirilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, 2018 — 2022 yillarda O'zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturida iqtidorli yosh futbolchilarni tanlab olish (selektsiya) maqsadida sport ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida futbol musobaqalarini tizimli tashkil qilish belgilab qo'yilgan. Shuningdek, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni turli yosh toifadagi milliy terma jamoalar hamda professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini shakllantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mamlakatimiz tarixida ilk bor, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalarining U-14, U-15,U-16, U-17 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o'rtasida O'zbekiston Chempionati o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari o'rtasida o'tkaziladigan O'zbekiston Chempionati ikki bosqichda “A” va “V” mintaqalarga bo'lingan holda, uy-safar tizimida bellashishadi.
T/r. |
“A” mintaqa |
|
“V” mintaqa |
Qoraqalpog'iston Respublikasi BO'FA |
Jizzax viloyati BO'FA |
||
Xorazm viloyati BO'FA |
Sirdaryo viloyati BO'FA |
||
Samarqand viloyati BO'FA |
Toshkent shahar BO'FA |
||
Navoiy viloyati BO'FA |
Toshkent viloyati BO'FA |
||
Buxoro viloyati BO'FA |
Andijon viloyati BO'FA |
||
Qashqadaryo viloyati BO'FA |
Farg'ona viloyati BO'FA |
||
Surxondaryo viloyati BO'FA |
Namangan viloyati BO'FA |
O'zbekiston Chempionatining ikkinchi bosqichida “A” va “V” mintaqalarida eng ko'p ochko to'plagan sakkiz jamoa Toshkent shahrida o'tkaziladigan final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.
Futbol akademiyalari o'rtasidagi O'zbekiston Chempionatining dastlabki uchrashuvlari 5-6 aprel sanalariga belgilangan bo'lib, bugungi kunda hududiy akademiyalar jamoalarini musobaqada ishtirok etishi uchun talabnomalarni ro'yxatdan o'tkazishmoqda. Talabnoma tarkibida, (U-14, U-15, U-16, U-17) har bir yosh toifasida jami 22 nafar futbolchi, bosh murabbiy, yordamchi murabbiy, jamoa shifokori hamda video-tasvirchi o'rin olgan.
Bundan tashqari, aprel oyi yakunida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar-o'smirlar futbol akademiyalari hamda qo'shni davlat futbol akademiyalarining U-18 yoshdagi tarbiyalanuvchilari o'rtasida “Kelajak sari” xalqaro musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qilishi ko'zda tutilgan.
Mazkur musobaqalar yurtimizda futbolni yanada ommaviylashtirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, shuningdek, istiqbolli yosh futbolchilarni keyinchalik professional tarzda tayyorlash hamda futbol bo'yicha milliy terma jamoalar va professional futbol klublari uchun sifatli sport zaxirasini yaratish maqsadida joylarda selektsiya ishlarini amalga oshirishga zamin yaratadi.