Ko'ngli bo'shlar ko'rmasin! Muxlis stadionga buvisining bosh suyagini olib keldi, jurnalist undan "intervyu oldi" (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1276

"Rasing" klubi 24-turda "Tigr" bilan 1:1 hisobida durang o'ynab, o'z tarixida 18-marta Argentina chempioniga aylandi.
Ana shu o'yinda futbol tarixida kamdan-kam kuzatiladigan voqea sodir bo'ldi. TNT Sports kanali muxbiri "Rasing" muxlisi Gabriel Aranda bilan suhbatlashdi. Aranda sevimli jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun antiqa yo'l tanlaganini aytdi. Ya'ni u "Rasing"ning ashaddiy muxlisi bo'lgan marhum buvisining bosh suyagini o'yinga olib keldi. Hatto jurnalist bosh suyagidan "intervyu olishga" ham urindi. Quyidagi videoni yoshi kattalar ko'rishini tavsiya etamiz. VIDEO
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239