Germaniya kubogi chorak final oldidan «Bavariya»da yo'qotish
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 813
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer jarohati tufayli Germaniya kubogi 1/4 final bosqichidan o'rin olgan “Xaydenxaym”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach ma'lum qildi.
Avvalroq, darvozabon butunlay tuzalgani, ammo maydonga qaytishga tayyor emasligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi.
Kovach Noyer o'rniga Sven Ulrayxni maydonga tushiradi.
Eslatib o'tamiz, “Bavariya” – “Xaydenxaym” bahsi 3 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da start oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!