APL. «Arsenal» 3-o'ringa ko'tarildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2162
Angliya chempionatining 32-turi doirasida so'nggi o'yin bo'lib o'tdi. «Arsenal» o'z uyida «Nyukasl»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Butun o'yin davomida tashabbus "kanonirlar" tomonida bo'ldi. Bahsning 30-daqiqasida Aaron Remzi hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ham mezbonlar ko'p vaziyat yaratishmagan bo'lsa-da, to'pni nazorat qilishdi. Nihoyat, uchrshauv tugashiga 7 daqiqa qolganida maydon egalari Lyakazettning goli evaziga farqni ikkitaga oshirishdi va o'yindagi intrigaga nuqta qo'yishdi.
Shu tariqa, "Arsenal" o'z ochkolarini 33taga etkazib, jadvalda 3-pog'onaga ko'tarilib oldi.
Angliya premer-ligasi, 32-tur
Arsenal – Nyukasl 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 30 Remzi, 2:0 – 83 Lyakazett.
Arsenal – Leno, Mustafi, Papastatopulos, Monreal, Meytlend-Naylz, Remzi (El-Nenni, 67), Genduzi, Kolashinats, O'zil (Mxitaryan, 84), Ivobi (Obameyang, 61), Lyakazett.
Nyukasl – Dubravka, Yedlin, Lejen, Lassels, Dammett, Ritchi (Kenedi, 75), Peres (Muto, 77), Xeyden (Ki Son Yon, 67), Diame, Almiron, Rondon.
Ogohlantirishlar: Monreal (59), Kolashinats (71).