Bokschilarimiz Bokuda umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 683
Xabar berganimizdek, biroz avval Ozarbayjon poytaxtida boks bo'yicha “Buyuk ipak yo'li” nomli xalqaro musobaqa o'z yakuniga etdi.
10 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etgan joriy turnirda O'zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'ardi. Terma jamoamiz bunday natija bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Bu borada mezbon jamoa vakillari peshqadamlikni berishmadi. Kuchli uchlikni esa qozog'istonlik charm qo'lqop ustalari ban etdilar. Musobaqada shohsupaga ko'tarilgan vakillarimizni eslatib o'tamiz:
Iqboljon Xoldorov (-69 kg) – oltin
Madiyar Saydraximov (-91 kg) – oltin
Obid Toxirov (+91 kg) – oltin
Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg) – kumush
Shukurjon Rahimov (-60 kg) – kumush
Jasurbek Latipov (-49 kg) – bronza
Hasanboy Do'smatov (-52 kg) – bronza
Xurshid Abdullaev (-81 kg) – bronza
Delegatsiyamiz ertaga tunda poytaxtimizga qaytib keladi.