«Istiqlol» stadioni sovrin olishi kerak» – Diyor Imomxo'jaev
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1650

Chunki bu stadiondan foydalanayotgan klublar ko'p. “Neftchi”, “Qo'qon-1912”, “Istiqlol”, “Iftixor”. Vodiyning boshqa jamoalari ham taklif bilan chiqib turibdi.
Yozgacha Andijon, Namangan va Qo'qonda stadionlar tayyor bo'lsa, “Istiqlol” ancha engil nafas olishi mumkin bo'ladi. Shuningdek, “Iftixor” ham o'zi to'p suradigan arenada ta'mirlash ishlarini yakunlashi kerak bo'ladi.
Yaxshi stadionlarda o'yin o'tkazishning shunday muammolari bor. Talabga javob bermaydigan stadionlar ko'p. Ularga ko'z yumilavergani uchun ham, bugunga kelib holat shunday. Yana ozgina sabr qilinsa, sifatli maydondan soni ko'payadi. 2020 yilgi litsenziyalash talabida esa har bir klub ma'lum gektar er maydoniga “Nasaf” stadioni tajribasidan kelib chiqib, maysa ekishi va uni yil davomida parvarishlashi alohida ko'rsatiladi. Bu yo'l orqali zaxira maydonlari, U-21 klublari maydonlari bosqichma-bosqich tartibga keladi.
Diyor Imomxo'jaev

Bosh sahifaga
180