Farg'onada «Do'stlik Kubogi» musobaqasi o'tkazildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3509
Farg'ona shahrida futbol bo'yicha 2004-2005 va 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida “Do'stlik Kubogi” musobaqasi o'tkazildi.
Unda Farg'ona, Toshkent, Namangan, Andijon viloyatlari hamda poytaxtdan kelgan 26ta futbol jamoalari g'oliblik uchun maydonga tushdilar.
500 nafarga yaqin bolalar ishtirok etgan ushbu musobaqaning 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi o'yinlarida g'oliblikni Marg'ilon shahrining “Farovon” jamoasi egallagan bo'lsa, 2006-2007 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasidagi bahslarda Uchko'prik tumanining “Zafar” jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Musobaqa g'oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!