Iordaniya va Gonkong terma jamoalari ham Toshkentga etib kelishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3884

Shu yilning 3-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tishi haqida xabar berib o'tgandik.
Mazkur guruhda O'zbekiston, Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan. Vetnam terma jamoasidan keyin Iordaniya va Gonkong terma jamoasi ham poytaxtimizga etib kelishdi. Gonkonglik futbolchilar "Miran" mehmonxonasiga joylashishdi.
Iordaniya terma jamoasi esa "Grand Mir" mehmonxonasidan joy oldi. Bugun Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichida ishtirok etadigan terma jamoalar mashg'ulotlar o'tkazishadi. Mashg'ulotlar jadvali quyidagicha: Vetnam - "To'qimachilar" stadioni. Soat 15:00dan 16:00gacha Iordaniya - "To'qimachilar" stadioni. Soat 16:00dan 17:30gacha Gonkong - "Milliy" stadioni 7-maydon. Soat 15:00dan 16:30gacha

Bosh sahifaga
246