O'zbekiston ayollar OTJning musobaqada ishtirok etadigan tarkibi aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 774

Shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tishi haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur guruhda O'zbekiston, Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan. Terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov mazkur saralash bahslarida ishtirok etadigan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibini ma'lum qildi. Bugun O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi "Milliy" stadion 7-mashg'ulot maydonida mashg'ulot olib borishadi. Mashg'ulot soat 16:30da boshlanadi. Darvozabonlar: Jonimkulova Maftuna «Sevinch» Boymatova Gulandon «Metallurg» Tilovova Laylo «Sevinch» Himoyachilar: Husnitdinova Soliha «Bunyodkor» Shodieva Laylo «Sevinch» Bektemirova Dilnoza «Bunyodkor» Boboxo'jaeva Feruza «Sevinch» Shoyimova Maftuna «Sevinch» Zarbieva Tanzilya «Sevinch» Qo'chqorova O'g'iloy «Sevinch» Yarim himoyachi: Galimova Saida «Bunyodkor» Nozimova Dildora «Metallur» Zoirova Umida «Bunyodkor» Safina Rushaniya «Sevinch» Burhonova Malika «Sevinch» Zaripova Kamila «AGMK» Hujumchilar: Sarikova Mahliyo «Bunyodkor» Qudratova Nilufar «Sevinch» Karachik Lyudmila «Bunyodkor» Habibullaeva Diyora «So'g'diyona» Quyida e'tiboringizga O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi o'yinlari taqvimini havola qilamiz: 3 aprel, soat 15:00 Vetnam - O'zbekiston ("Lokomotiv" stadioni) 6 aprel, soat 15:00 O'zbekiston – Iordaniya ("Lokomotiv" stadioni) 9 aprel, soat 15:00 Gonkong - O'zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246