Nazorat uchrashuvi: "Rux" - "Nasaf" 2:0
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Bugun “Nasaf” Turkiyadagi yig'in doirasida 5-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. “Ajdarlar”ning bu safargi raqibi Ukrainaning “Rux” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Birinchi bo'limning 30-daqiqasida raqib hujumchisi birga-bir vaziyatga chiqib kelayotganda Abduvohid Ne'matov jarima maydonidan tashqari to'p uchun kurashga qo'shildi. Ushbu vaziyatda raqib futbolchisi yiqilib tushdi. Negadir shu holat uchun uchrashuv hakim penalti belgiladi va Ne'matovni ogohlantirdi. Abduvohid Yuriy Klimchuk amalga oshirgan jarima zarbasini bartaraf etdi lekin to'pga birinchi bo'lib kelgan Marko Sapuga uchrashuvda hisobni ochdi.
Ikkinchi bo'lim ham shiddatli kurashlarga boy bo'ldi. Futbolchilarimizga yaratilgan vaziyatlarni gol bilan yakunlashga biroz aniqlik etishmadi. 82-daqiqada Yuriy Klimchuk bellashuvdagi so'ngi golni urdi — 2:0.
Turkiya, Antaliya
12.02.2022. 15:00
“Rux” – “Nasaf” 2:0
Gollar: M. Sapuga 30ʼ, Y. Klimchuk 82ʼ
Amalga oshirilmagan penalti: Y. Klimchuk 30ʼ
“Nasaf”: Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, Aziz Xolmurodov, G'olib G'aybullaev, Murodbek Rahmatov, Asliddin Tursunpo'latov, Bahrom Abdurahimov, Suhrob Nurulloev, Sardor Sa'dullaev, Zafarmurod Abdurahmatov, Shahzod Akramov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umarbek Eshmurodov, Ivan Solovev, Marko Stanoevich, Husayn Norchaev, Akmal Mozgovoy, Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, Dilshod Saitov, Sharof Muhitdinov.
“Rux”: Pankiv, Fae, Beliy, Didik, Sich, Sapuga, Fedorchuk, Plyumen, Talles, Solomon, Klimchuk
Zaxira: Pidgurskiy, Kvasnisya, Varfolomeev, Pritula, Slyusar, Gereta

Bosh sahifaga
288