"Bunyodkor" Turkiyada Qozog'iston klubiga qarshi nazorat uchrashuvida mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 90

Yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik ko'rayotgan Toshkentning "Bunyodkor" klubi Qozog'istonning "Maxtaaral" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Ushbu bellashuvda Shuhrat Maqsudov quyidagi futbolchilarni sinovdan o'tkazdi:
"Bunyodkor": Zafar Safaev, Farhod Mirahmatov, Avazbek O'lmasaliev, Davronjon Ergashev, Suhrob Izzatov, Dilshod Jo'raev, Mahmud Mahamadjonov, Bilol Tupliev, Muzaffar Olimjonov, Usmonali Ismonaliev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Umid Sultonov, Jahongir O'rozov, Sarvar Karimov, G'ayrat Azizxo'jaev, Muhammadodil Qahramonov, Sirojiddin Bashriddinov, Sardorbek Xursandov, Xurshid Ubaydullaev, Husayn Ergashboev.
O'rtoqlik o'yinida yurtdoshlarimiz 1:2 hisobida imkoniyani boy berdi. "Bunyodkor"ning kiritgan goliga Umid Sultonov mualliflik qildi.
Nazorat uchrashuvi
"BUNYoDKOR" - "MAXTAARAL" - 1:2
Gollar: Ilyos Amirsaidov, 15 - 0:1. Aleks Bruno, 43 - 0:2. Umid Sultonov, 51 - 1:2.

Bosh sahifaga
269