Zidan Mbappening transferi borasida rasmiy bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5974
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan PSJ hujumchisi Kilian Mbeppeni transferi borasida fikrlarini bildirib o'tdi.
“Biz Mbappening qancha turishini bilmaymiz. Buni klublar belgilashadi. Men “Real”ga 70 mln evro evaziga o'tganman. O'sha vaqtda bu shunchaki telbalik edi, lekin hozir qaerga qarab ketyapmaganimizni qarang.
Biz uni qanday futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz. Ammo Kilian mening jamoamdagi futbolchi emas. Men uni muhokama qilolmayman, bu qo'l ostimdagi futbolchilar va klubga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!