Qudratillo Abduqahhorov AQShda muhim janglardan birini o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 529
Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov bugun Filadelfiyada o'zining navbatdagi jangini o'tkazdi.
"2300 Arena"da o'tkazilgan jangda amyurtimizga yaponiyalik Keyta Obara raqiblik qildi. 12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. Yakunda g'olib ochkolar hisobiga aniqandi va hakamlar 118:110, 117:111, 115:113 hisobida hamyurtimizning g'alabasini qayd etishdi.
Shu tariqa, Qudratillo IBF yo'nalishining yarimo'rta vazn toifasida (66,67 kg) birinchi raqamli da'vogarga aylandi. Ayni paytda ushbu yo'nalishdagi kamar amerikalik Errol Spensga tegishli.
Bugungi jang bilan qo'shib hisoblaganda, Abduqahhorovning prof ringdagi janglari soni 16 taga etdi. U janglarining barchasida g'alaba qozongan (9 ta nokaut). Obara esa 25 marotaba ringga ko'tarilgan va ularning 20 tasida g'olib bo'lgan (18 nokaut). 4 ta jangda mag'lubiyatga uchragan (3 ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Ma'lumot uchun, Qudratillo Abduqahhorov ayni paytda "Top Rank" kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Hamyurtimiz navbatdagi jangini katta ehtimol bilan Errol Spensga qarshi chempionlik kamari uchun o'tkazadi.