«Buyuk ipak yo'li» turnirida yana 4 nafar bokschimiz yarim finalga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 995
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks bo'yicha "Buyuk ipak yo'li" xalqaro turniri bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari ham ishtirok etishmoqda. Kecha turnir doirasida chorak final bellashuvlari yakunlandi.
Hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarda quyidagi natijalar qayd etildi:
-52 kg: Foziljon Abdumurodov (O'zbekiston) - Oljas Bayniyazov (Qozog'iston) 2:3
-52 kg: Hasanboy Do'smatov (O'zbekiston) - Abay Kuandikov (Qozog'iston) 3:2
-60 kg: Shukurjon Rahimov (O'zbekiston) - Yazgeldi Gurbanov (Turkmaniston) 5:0
-69 kg: Iqboljon Xoldorov (O'zbekiston) - Giorgi Doliashvili (Gruziya) 5:0
-75 kg: Akmurad Gafarov (O'zbekiston) - Gular Sarxad (Turkiya) 0:5
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (O'zbekiston) - Rovshan Yagubzade (Ozarbayjon) 5:0
Bungacha Jasurbek Latipov, Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Xurshid Abdullaev (-81 kg) va Obidjon Toxirov (+91 kg) yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritishgandi.