Intervyu. Igor Yelich: "Aslida yarim himoyachiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1165
Hozirgina yakunlangan “Lokomativ” va “Navbahor” klublari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng, “Loko” futbolchisi Igor Elichni suhbatga tortdik.
Avvalambor g'alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv to'g'risida fikrlaringiz?
Rahmat! Uchrashuvda qiyinchilikka uchradik. “Navbahor” bugun ajoyib o'yin ko'rsatdi. To'g'risi ulardan mavsum boshida bunday o'yin kutmagan edik.
Bugun “Loko” birinchi bo'limda juda yomon o'yin ko'rsatdi. Buning sababi nimada?
O'ylashimcha mavsum endi boshlangani uchun yigitlar to'liq formaga kirib ulgurishganicha yo'q.
Mavsum endi boshlandi deyapsiz, “Lokomotiv” bir nechta rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushishga ulgurdi-ku?
(Kuladi) Balki bu biz uchun kamlik qilayotgandir…
OChLning birinchi turida ham, bugun ham hisob ochilgandan so'ng jamoa negadir natijaga o'ynamoqda? Bu murabbiy tomonidan berilgan ko'rsatmami yoki jamoaning ochiq futbol o'ynashga kuchi etmaydimi?
Yoq bu gapingizga qo'shilmagan bo'lardim. “Super kubok”da ochiq futbol o'ynadik. Bugun shunchaki raqib bizga bosh zo'nalar deyarli qoldirmadi.
Sizni himoyachi sifatida ko'rib o'rganib qolganmiz. Andrey Fyodorov esa sizni tayanch yarim himoyachi sifatida maydonga tushirmoqda. Siz uchun qay biri qulay?
Aslida, tayanch yarim himoyachisiman. O'zbekistonga ilk jamoamda Viktor Kumikov meni markazga ko'chirgan edi. Andrey Fyodorov esa yana o'z pozitsiyamga qaytardi. Men uchun qaysi pozitsiyada o'ynashning ahamiyati yo'q. Jamoamga foyda keltirsam bo'lgani.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev suhbatlashdi.