Yoshlar ligasi. «Nasaf» 2-turda ham g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4740

Xabaringiz bor shu kunlarda Coca-Cola Superligasi 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Bugun U-21 yoshlar birinchiligining so'ngi ikki uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Bugun yoshlarimiz Coca-Cola Superligasi U-21 2-tur doirasida «So'g'diyona» yoshlarini qabul qilishdi.
Birinchi bo'lim keskin kurashlar ostida kechdi. Ikkala jamoa vakillari ham yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Jamoalar qanchalik urunishmasin birinchi bo'limda hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'lim shiddatli kurashlar bilan boshlandi. Jamoamizning ketma-ket xujumlari 69-daqiqada o'z samarasini berdi. Jamoamizning kombinatsion xujumini Xudoyorxon Sagdullaev gol bilan yakunladi. Goldan so'ng uchrashuv yanada qizg'in tus oldi ammo har ikkala jamoa vakillariga xisobni o'zgartirish uchun sovuqqonlik etishmadi.
Shundan so'ng uchrashuvdagi hisob o'zgarmadi va uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
Yosh «ajdarlar» mavsumdagi ikkinchi g'alabalarini qo'lga kiritishdi. G'alaba muborak!
U-21 birinchiligi, 2019.
«Nasaf» – «So'g'diyona»
Qarshi. «GEOLOG»stadioni.
Hakamlar: Radjabov Shuxrat, Artem Kalinin, Farxod Usmonov , Nayim Qosimov.
Nazoratchi: Igor Nixochin.
Komissar: Baxtiyor Mametov.
Gol: Xudoyorxon Sagdullaev, 69ʼ-1:0.
«Nasaf»: 21 Mashhurjon Muhammadjonov, 4. Navro'zjon Saidov (32. Alibek Davronov,46’), 5. Nurbek Botirov, 6. Javohir Shokirov (19. Islombek Baratov, 90’), 7. Xudoyorxon Sagdullaev, 14. Shaxboz Nuriddinov(33. Yormaxmedov Maqsud, 90+4’), 16. Husain Norchaev, 23. Muxriddin Zoirov (20. Sardorbek To'raev,46’(10. Jamshid Abdullaev, 90+4’)), 27. Abu-Bakirrizo Turdialiev (15. Alpomish Mirov, 66’), 38. Sherzod Nasrullaev, 45. Sardor Sadullaev
Zaxira: 65. Azamat Soyibov.
“So'g'diyona”: 1. Fazliddin Isomiddinov, 4. Sayidalibek Ikromov (2. Nodirbek Qo'yboqov, 46’), 7. Bahromjon Ro'ziy (91. Doston Oripov, 76’), 9. Asilbek Obidov, 11. Jaxongir Safarov, 16. Sherzod Shokirov (90. Dilshod Rashidov, 62’), 33. Dian Talxatov (5. Javlon Abdulmurodov, 62’), 70. Sohibjon Yoqubov (55. Javohir Mamasoatov, 80’), 77. Daniel Nasriddinov (93. Ibrohim Qodirov, 62’), 85. Yahyoxon Ma'rufxo'jaev, 89. Elyor Sobirjonov (10. O'ktamjon Xazratov, 72’).
Ogohlantirishlar: Navro'zjon Saidov (16ʼ), Shaxboz Nuriddinov (66ʼ), - Bahromjon Ro'ziy (22ʼ), Dian Talxatov (45ʼ).

Bosh sahifaga
225