Roys nega asosiy tarkibda emas?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1114
Dortmundning “Borussiya” klubi chempionlik uchun kurashishda davom etmoqda.
“Borussiya” o'zida “Volfsburg”ni qabul qilmoqda, lekin asosiy tarkibda “asal arilar” sardori Marko Roys yo'q.
To'g'ri, bu safar uning sog'lig'i joyida, ammo uning oilaviy sharoiti mazkur o'yinni o'tkzib yuborishga majburladi. Boisi, germaniyalik futbolchi va uning rafiqasi Skarlett yaqinda ota-onaga aylanishadi.
Ma'lumot o'rnida, 29 yoshli futbolchi joriy mavsum “Borussiya” safida 31 ta o'yinda maydonga tushib 19 ta gol urdi va 10 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!