Olga Zabelinskaya Kiprda yana bir oltin medalni qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 636

Xabaringiz bor, velosportchimiz Olga Zabelinskaya Kiprda tashkil etilgan » Aphrodite Cycling Race» xalqaro turnirida ishtirok etmoqda. Quvonarlisi, hamyurtimiz guruh poygalarida birinchi bo'ldi.
2:26:03 vaqt bilan Zabelinskaya marrani birinchi bo'lib zabt etdi. Ikkinchi o'rinni mezbonlar vakilasi Antri Kristoforou (+3:22) egallagan bo'lsa, rossiyalik Elizaveta Oshurkova (+3:28) kuchli uchlikni yakunladi.
Eslatib o'tamiz, Olga kecha yakkalik bahslarida ham oltin medalni qo'lga kiritgan edi. Qayd etish joiz, mazkur musobaqa Tokio-2020 olimpiadasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
201