«Xoffenxaym» bu ko'rstakich bo'yicha Bundesliga tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 886

«Xoffenxaym» klubi Germaniya chempioantining 27-turi doirasida kechgan bahsda «Bayer»ni yirik hisobda (4:1) mag'lub etdi.
Yulian Nagelsman boshchiligidagi jamoa ushbu mavsum ikkinchi bor leverkuzenliklarni yirik hisobda dog'da qoldirdi. Shu tariqa, «Xoffenxaym» Bundesliga tarixida «Bayer»ni bir mavsumda ikki bor yirik hisobda enggan ilk klubga aylandi.
Birinchi davrada ham 4:1 hisobi qayd etilgandi. Qizig'i shundaki, ushbu jamoalar o'rtasidagi bahs ketma-ket uchinchi bor 4:1 hisobi bilan yakunlandi. O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida «Bayer» xuddi shu hisobda zafar quchgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198