So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Mauritsio Zamparini. «Tili zahar» funktsioner nimalari bilan yodda qoldi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 80
Kecha «Palermo» prezidenti Mauritsio Zamparini 81 yoshida vafot etganini ma'lum qilgan edik. Sobiq futbol funktsionerining sog'lig'iga shaxsiy hayotidagi fojialar sabab bo'lgani aytilmoqda. Bir necha oy oldin uning o'g'li, 23 yoshli Armando Zamparinining jasadi London mehmonxonalaridan birida topilgan edi.
1987 yildan 2002 yilgacha Mauritsio «Venetsiya» prezidenti bo'lgan edi. U chorak asr deganda jamoani A Seriyaga olib chiqdi. Mahalliy hokimiyat bilan kelishmovchiliklar tufayli Zamparini «Venetsiya»ni tark etishga majbur bo'lgan. Keyinchalik u «Palermo»ni sotib oldi, u shu orqali butun dunyoga mashhur bo'ldi va «murabbiylar kushandasi» laqabini oldi. Negaligini esa quyida bilib olasiz.
Zamparinining 16 yillik davrida Sitsiliya klubida jami 45 marta murabbiylar almashgan, «Palermo»da 32 nafar mutaxassis ishlagan (ba'zilari ikkinchi imkoniyatga ega bo'lishgan ham, ba'zilari hatto 4 martagacha jamoani boshqargan). «Palermo» Zamparini qo'l ostida hech qanday sovrin yuta olmagan, ammo u haqli ravishda sitsiliyaliklar tarixidagi eng yaxshi prezident sanalishga haqli.
Mauritsio Zamparinining sa'y-harakatlari bilan «Palermo» Italiya futboli elitasiga qaytdi va Edinson Kavani, Paulo Dibala va Xaver Pastore singari nomlarni katta futbol bozoriga chiqardi. Klubning barcha rekordlari ushbu prezident davrida o'rnatilgan.
Zamparini butun faoliyati davomida «tili zaharli» kishi sifatida yodga olinadi. Quyida uning turli insonlarga aytgan fikrlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Uning «Palermo» futbolchilari haqida «Torino»ga 1:3 hisobida yutqazgandan keyingi fikrlari ko'pchilik OAV e'tiborini tortdi.
«Sizlar futbolchi emassiz, balki bir guruh gimnaziya qizlariga o'xshaysiz! Men hozirgi yoshimda ham hatto to'pga zarba berishda sizlardan ko'ra tezroq yuguraman». Ha, albatta, keksa futbol odamining o'z sohasiga bo'lgan muhabbati va ishtiyoqi hanuzgacha so'nmagan edi.
«Inter» haqida (1:2) o'z uyidagi mag'lubiyatdan keyin ham fikr bildirgan:
«Ilgari hakamlarning barcha imtiyozlari «Yuventus»ga berilar edi, biroq hozir «Inter»ga ham hakamlar «yordami» ancha ish bermoqda. Hakam bizning foydamizga kamida to'rtta penalti belgilashi kerak edi, lekin u hech qachon bu nuqtaga ishora qilmadi. Sizga aytishim mumkinki, «Inter» bu borada yangi «Yuventus»ga aylangan».
«Roma» haqida (0:7 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng) u ishdan bo'shatilgan va 2 oydan keyin yana lavozimiga qaytgan.
Bu jamoa «Palermo»ni vayron qildi, lekin menda bu jamoaning qo'llayotgan taktikasiga nisbatan yumshoq rejalar ham bor. Ko'rinishidan, «Roma» mening xotinimga o'xshaydi: salbiy tomonlariga qaramay, men unga qarshi yo'llarni topaveraman».
«Milan»ga qarshi o'yinlardan biri oldidan funktsioner quyidagi so'zlarni aytgan:
«Katta ehtimol bilan bugun biz 0:2 hisobida yutqazamiz. Men bu o'yindan juda xavotirdaman, chunki jamoa juda takabbur ko'rinishga kelib qolgan. Shuni esda tutish kerakki, biz mahalla jamoasi bilan emas, balki «Milan» bilan o'ynamoqdamiz». Shundan so'ng funktsionerning taxminlari o'zini oqlagan.
Xaver Pastore haqida:
«Bu yigit daho. U bilan ajralishga jazm qilolmasam kerak. 40 million evro? Umuman! Pastorening o'ng oyog'ining o'zi ham 40 milliondan yuqori turadi! Bo'ldi boshqa bu haqida gapirmayman»
Ingliz klublari haqida:
Bu liga rahbarlari uyatsizlarcha barcha iqtidorlarga yoppasiga ko'z olaytiradi. Klublar qaroqchilar kabi harakat qiladilar va o'z manfaatlari uchun Evropa klublarini muntazam talon-taroj qilishga o'rgangan. Boshqa davlatlarning yosh o'yinchilari bilan shartnoma imzolash orqali ular hamma narsaga erishadilar. Biroq bu yosh iste'dodlarga muntazam zarar etkazishi mumkin. Majburlab hech narsaga erishib bo'lmaydi.
«Palermo» futbolchilari haqida [«Treviso» bilan 2:2 hisobidagi durangdan keyin]:
O'sha o'yindan keyin Sitsiliyaga qaytishni istamadim, chunki bu natijada ishtirok etgan barchani yoppasiga kaltaklashni xohlardim. Agar menga bog'liq bo'lsa, ularga boshqa hech qachon maosh to'lamas edim».
Joze Mourino haqida:
«Palermo» o'z uyida o'ynaganda, men doimo mehmonlar rahbariyati va murabbiylar shtabiga salom aytish uchun kelaman. Men Joze Mourinoga qo'limni cho'zdim va uni Italiyada kutib olganimdan, u bilan uchrashganimdan xursand ekanligimni aytdim. U nima qilganini bilasizmi? Shunchaki orqaga o'girildi va ketdi. Mourino o'zini «Special One» deb ataydi, lekin aslida u qo'pol va xulqsiz inson».
Paulo Dibala haqida [2020 yilda]:
Men hali ham Dibalaning keyingi Messi bo'lishiga ishonchim komil. Paulo chempion bo'lishidan tashqari, potentsiali juda yuqori bo'lgan futbolchi. Paulo uch yil oldin mening maslahatimni qabul qilib, Turinni tark etishi kerak edi. Men unga to'g'ridan-to'g'ri «Yuventus»dan ketishini aytdim. U «Real» yoki «Barselona»ga ko'proq mos keladi. Lekin u har doim «Yuventus»da juda baxtli ekanligini ta'kidlayvergan. Mana, bu yakunda xato bo'lib chiqdi».
Futbol hakamlari haqida:
Bugun [Palermo «Kalyari»ga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi] bizning o'yinimizni A Seriyada o'z o'rniga ega bo'lmagan notanish bir hakam boshqarib bordi. Italiyada hakamlik tizimi qora qutiga o'xshaydi, uning ichida korruptsiya gullab-yashnamoqda. Italiya futbolini yaxshilash uchun ko'plab hakamlarni qamoqqa tashlashimiz kerak».
Yomon o'yinlaridan keyin «Palermo» murabbiyi haqida aytgan fikrlari ham ancha kinoyali tus oladi.
Jamoa bugun juda ko'p to'psiz harakat qilmoqda, chunki bizda buni futbolchilarga singdira olmaydigan murabbiy ishlayapti.
Qisqa qilib aytganda, Zamparini butun faoliyati davomida o'z klublari rivoji uchun barcha harakatlarni amalga oshirgan.