Fabregas nega Fergyusonga pitstsa uloqtirganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488
Hozirda "Monako"da to'p surayotgan Sesk Fabregas 2004 yilning 24 oktyabrida "Old Trafford"da yuzaga kelgan janjalni yodga oldi. Fabregas o'shanda "Arsenal"da o'ynardi.
APL doirasida "Manchester Yunayted" va "Arsenal" o'rtasidagi o'yinlardan birida ikkala jamoa futbolchilari janjallashib qolishadi. Shunda "qizillar"ning o'sha paytdagi murabbiysi Ser Aleks Fergyusonning yuziga pitstsa uloqtirilgan.
"Men bu o'yinda o'ynamagandim. Kiyim almashtirish xonasiga ketayotganimizda esa yo'lakda janjal yuzaga keldi. Shunda men kiyim almashtirish xonasida pitstsa bo'lagini ko'rdim va uni olib futbolchilar tomonga uloqtirdim. Keyin men ortimga o'girilib, Rio Ferdinand, Terri Anri, Sol Kempbell va boshqa futbolchilar janjallashayotganini ko'rdim. Men yosh edim, nima qilayotganimni bilmasdim. Pitstsani kimga uloqtirganimni ham anglamagandim.
Keyin qarab, men uloqtirgan pitstsa Aleks Fergyusonning yuziga tekkanini ko'rdim. So'ng bu ishim uchun uzr so'radim, bu tasodifan bo'lgandi. Aslida, pitstsa otish niyatim ham yo'q edi", — dedi Fabregas.