O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun mashg'ulot o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2333
Shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Mazkur guruhda O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasiga Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari raqiblik qilishadi.
Bahrom Norsafarov shogirdlari saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik olib borishmoqda. Bugun terma jamoamiz navbatdagi mashg'ulotni o'tkazadi. Mashg'ulot poytaxtimizdagi "To'qimachilar" stadionida soat 16:30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!