Vetnam terma jamoasi kecha tunda poytaxtimizga etib keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1048
Shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi "B" guruhidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tishi haqida xabar berib o'tgandik. Mazkur guruhda O'zbekiston, Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari joy olishgan.
Kecha tunda Vetnam terma jamoasi musobaqada ishtirok etish uchun yurtimizga etib keldi. Terma jamoa a'zolari "Ramada" mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun Vetnam terma jamoasi dastlabki mashg'ulotni o'tkazadi. Mashg'ulot Yakkasaroy tumanidagi "To'qimachilar" stadionida soat 15:00da boshlanadi.
Guruhning qolgan ikki ishtirokchisi Gonkong va Iordaniya terma jamoalari ertaga soat 19:00da poytaxtimizga etib kelishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!